


TATUda “Kiberxavfsizlik” bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 30-mart kuni talabalar uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
✅Tadbirning asosiy maqsadi — talabalar bilim va ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy kiber tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy tajribalarini boyitish hamda sohaga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
🏆 Seminar-trening “Oliygoh kubogi” doirasidagi CTF musobaqasi bilan hamohang tarzda o‘tkazildi.
👨💻 Tadbirda xalqaro va mahalliy tajribaga ega mutaxassislar ishtirok etib, quyidagi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilishdi:
• Ravshan Rixsiyev (ONESEC) — “The art of Reverse Engineering”;
• Shodiyor Abdurasulov (ONESEC) — “Bug Hunting”;
• Akmaljon Sodiqov (Turansecurity) — “CNA nima? Kiberxavfsizlikda o‘qib pul ishlash mumkin?”;
• Yoldoshali Esonaliyev (Turansecurity) — “Workshop: Web tizimlar xavfsizligi”;
• Abdumutal Abdumutalov (Turansecurity) — “Android ilovalari xavfsizligi: statik tahlil usullari”;
• Mashhura Raxmonqulova (Kiberxavfsizlik markazi DUK) — “Zamonaviy tahdidlardan himoyalanish”;
• Nabijonov Azamjon (DataGaze) — “Kiberxavfsizlik bu faqat ’hackerlik’ emas”;
• Nurullayev Xushvaqt (Updive) — “Security Monitoring & SIEM Fundamentals”.
💬Seminar davomida ishtirokchilar:
• dolzarb kiber tahdidlar;
• real hayotdagi xavfsizlik muammolari;
• ularning oldini olish usullari bilan yaqindan tanishdilar.
🧪 Amaliy mashg‘ulotlar orqali esa o‘z bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
🎁 Yakunda faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi hamda mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati yaratildi.
👏 Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!