Musobaqa yoshlar o‘rtasida kibermadaniyatni oshirish, axborot xavfsizligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va jamoaviy ishlash malakasini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
⚡ Tadbir davomida talabalar tarmoq xavfsizligi, zaifliklarni aniqlash, shifrlash, raqamli kriminalistika kabi yo‘nalishlarida o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
🎁 G‘olib va faol ishtirokchilar universitet tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
😈 Bundan tashqari, natijalar asosida 5 nafar iqtidorli talabalardan iborat TUIT_Red jamoasi shakllantirildi. Ushbu jamoa keyingi kiberxavfsizlik tanlovlarida universitetimiz sharafini himoya qiladi.
📊 Tadbir orqali nafaqat kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy bilimlar mustahkamlandi, balki, talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat, tashabbuskorlik va jamoaviy hamkorlik ruhini kuchaytirish maqsadiga ham erishildi.








