

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida professor-o‘qituvchilar tomonidan talaba-yoshlar uchun “Kibergigiyena va Kibermadaniyat” mavzusida ochiq darslar tashkil etildi.
Darslarning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida raqamli xavfsizlik madaniyatini shakllantirish hamda kibermakonda mas’uliyatli xulq-atvorni targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulotlar davomida zamonaviy kiberjinoyatlar, jumladan:
• onlayn firibgarlik,
• phishing hujumlari,
• shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash holatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
So‘nggi yillarda internet orqali sodir etilayotgan moliyaviy jinoyatlar real misollar asosida tahlil qilindi.
Talabalarga:
kuchli parollardan foydalanish,
ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqish,
shubhali havolalarni ochmaslik,
shaxsiy va bank ma’lumotlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Ochiq darslar interaktiv ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kibergigiyena qoidalariga amal qilishning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.