
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tadbir doirasida Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan 28-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari universitetga tashrif buyurdi. Maktab o‘quvchilari TATUda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amaliy loyihalar, zamonaviy laboratoriyalar, fakultetlar va ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.
➡️Ochiq muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘quvchilarda axborot texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ular uchun oliy ta’lim muassasasida yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar haqida kengroq tasavvur hosil qilishdan iborat bo‘ldi.