


TATUda jamoaviy startap loyihalari tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi!
🏛 2026-yil 21-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida jamoaviy startap loyihalari tanlovining final bosqichi doirasida ma’rifiy va amaliy uchrashuvlar tashkil etildi.
📊 Tanlov natijalari:
🔹 100 dan ortiq startap loyihasi tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tdi.
🔹 Birinchi bosqichda 55 ta startap loyihasi saralab olindi.
🔹 Final bosqichiga esa eng istiqbolli 19 ta startap loyihasi yetib keldi.
🎤 Tadbir davomida soha mutaxassislari quyidagi mavzularda ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar:
☑️ Startap va uni yaratish asoslari — Usmon Raximjanov, IT Park Uzbekistan startap oqimini rivojlantirish bo‘limi bosh menejeri.
☑️ Investor nigohi bilan: ilk bosqichdagi startaplarga e’tibor — Mirjalol Soatov, «AI Station» MCHJ venchur investitsiyalar bo‘yicha mutaxassisi.
☑️ O‘zbekiston venchur ekotizimi — Islombek Sanaqulov, «AloqaVentures» venchur fondi loyiha menejeri.
☑️ Kelajakni o‘zgartiradigan g‘oyalarga sarmoya kiritish — Mubina Jabborova, «Hayot Ventures» venchur fondi direktor o‘rinbosari.
💡 Uchrashuvlar davomida ishtirokchilar startaplarni rivojlantirish, investorlar talablarini tushunish, venchur moliyalashtirish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha muhim bilim hamda amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
🎯 100 dan ortiq loyiha orasidan finalga qadar yetib kelgan 19 ta startap — yoshlarning innovatsion salohiyati, jamoaviy izlanishi va yangi g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishga bo‘lgan intilishining namunasidir.
Tanlov yoshlarning istiqbolli g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarini rivojlantirish, investitsion hamkorlikni kengaytirish hamda universitetda innovatsion muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
📌 Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda universitetda «Oliygohlar — startaplar generatori» tamoyilini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.