TATUda “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

  • Asosiy
  • TATUda “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuv davomida talabalar uchun bugungi kunda jahon miqyosida ro‘y berayotgan turli zo‘ravonliklar, ekstremizm va terrorizm kabi illatlarning salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlar ongida mafkuraviy xurujlarga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

✅Uchrashuvda universitet rahbariyati hamda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Karimov Farxod Erkinovich ma’ruza bilan ishtirok etdi.

➡️F.Karimov o‘z chiqishida shunday dedi:
“Globallashuv davrida yot g‘oyalar yoshlar ongiga turli yo‘llar bilan kirib kelayotgan bir paytda, ularni ma’naviy jihatdan quvvatlash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — har bir ziyoli shaxsning burchidir.”


⏺Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari va 500 dan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

❗️Mazkur davra suhbati yoshlar ongini mustahkamlash, ularni ijtimoiy va salbiy illatlardan himoyalash, hamda ma’rifat orqali jaholatga qarshi kurashishida muhim ahamiyat kasb etdi.