TATUda ITPark bilan hamkorlikda “Saturday Meetup” bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • TATUda ITPark bilan hamkorlikda “Saturday Meetup” bo‘lib o‘tdi

TATUda ITPark bilan hamkorlikda “Saturday Meetup” bo‘lib o‘tdi

✅Joriy yilning 29-oktabr kuni TATU hamda IT-Park hamkorlikda birinchi bosqich talabalari uchun xalqaro IT sertifikatlar, ularni olish uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda Coursera platformasidan foydalanish bo‘yicha tushinchalar berish bo‘yicha meetup tashkil etdi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarni kelgusi faoliyatlarida AyTining yuqori daromadli sektorlarida va global AyTi gigantlarda ishlash imkoniyatlarini oshirish uchun sohaning xalqaro sertifikatlarini olishlari bo‘yicha tushinchalar berildi.
Shu bilan bir qatorda IT-Park tomonidan Coursera platformasida O‘zbekistonlik o‘rganuvchilar uchun chegirma asosida taklif etilayotgan 22 ta xalqaro kurslar, ularda o‘qish hamda xalqaro sertifikatlarni olgandan so‘ng sarf-xarajatlarning 50 foizi davlat tomonidan qoplab berilishi kabi yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha ma`lumotlar berildi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.