“TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” loyihasi doirasida "Idea competition" bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” loyihasi doirasida "Idea competition" bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 21-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda KOOKMIN universiteti hamkorligida “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” loyihasi doirasida "Idea competition" bo‘lib o‘tdi.

💻 Mazkur tanlovda “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” loyihasining LLPS (Living Lab Preparatory School) dasturi doirasida universitetning 24 nafar iqtidorli talabalaridan iborat jami 6 ta jamoa ishtirok etdi. Unda Living Lab Preparatory School - LLPS (FabLab) konsepsiyasi asosidagi talabalar tomonidan jamiyatning muhim muammolari yechimiga qaratilgan, innovatsion g‘oyalarga asoslangan startap loyihalarni namoyish etishdi.

🎉 Taqdim etilgan loyihalar hakamlar tomonidan baholanib, g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.