TATUda Ingliz tili markazi ochildi!

  • Asosiy
  • TATUda Ingliz tili markazi ochildi!

Bugun, 15-sentyabr kuni TATU Xorijiy tillar kafedrasida Ingliz tili markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda British Council vakili Amirsaid Sadikov, universitet rahbariyati hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdilar.

Markaz:

  • zamonaviy metodika va innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish;
  • xalqaro imtihonlarga (IELTS, CEFR va boshqalar) puxta tayyorgarlik ko‘rish;
  • ilmiy seminarlar va suhbat klublarida qatnashish;
  • xalqaro resurslar va loyihalarda faol ishtirok etish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Markaz faoliyati orqali TATU talabalari va barcha talabgorlar ingliz tilini chuqur o‘zlashtirish, global ilmiy hamjamiyatga integratsiyalashish hamda xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish yo‘lida keng imkoniyatlarga ega bo‘ldilar.