Kuni kecha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Hindistonning Maulana Azad Milliy Urdu Universiteti professori Dr. Khaleel Ahmad ishtirokida “Unlocking the Potential of Blockchain Technology: A Practical Approach” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
✅Tadbir davomida blokcheyn texnologiyalarining imkoniyatlari, ularning ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni, amaliy qo‘llanilishi hamda an’anaviy tizimlar bilan taqqoslanishi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
🗣 Seminarda professor-o‘qituvchilar va talabalar faol ishtirok etib, ilmiy muloqot va savol-javoblar orqali mavzuni yanada chuqurroq tahlil qilishdi.



