25-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va unga qarshi kurash” shiori ostida “Giyohvandlik va uning oqibatlari hamda zoʻravonlikdan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilish” mavzusida hamkorlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh Boshqarmasi xotin-qizlar inspektorlari, Yunusobod tuman “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash” boʻlimi, Yunusobod tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv boʻlimi xodimlari ishtirok etdilar. Jumladan, Yunusobod tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv boʻlimi oʻta muhim ishlar tezkor vakili kapitan Jamshid Nizomiddinov, Yunusobod tumani IIO FMB XPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor podpolkovnik Shaxnoza Abzalova, IIV Huquqbuzarliklar Bosh Boshqarmasi Xotin-qizlar inspektori Nilufar Giyasova, Yunusobod tuman “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash” boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Iqbolxon Ashrapovalar maʼruza qildilar.
Tadbir davomida “Ogʻular ogʻushida” hamda oiladagi zoʻravonliklar aka ettirilgan videoroliklar namoyish etildi.
TATU matbuot xizmati