TATUda harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda

  • Asosiy
  • TATUda harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda

7 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi Maxsus avariya tiklash boshqarmasi 15361-sonli Harbiy qism bilan hamkorlikda "Harbiy Vatanparvarlik oyligi” tadbirlari doirasida "Ona yurtni mard o‘g‘lonlar qo‘riqlaydi”mavzuida davra suhbati va bayram tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu tadbir davomidauniversitet rektori H.A. Muxitdinov, 3 nafar fakultetlar dekanlari universitetdagi mavjud yo‘nalish va mutaxassisliklar, talabalarga yaratilgan sharoitlar va ayniqsa, muddatli harbiy xizmatni o‘tab talaba bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan askarlar uchun beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berdilar.

Tadbir davomida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan 15 nafar askar va shartnoma asosida xizmat qilayotgan xizmatchilarga TATU rektori H.A. Muxitdinov tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.