TATUda Fransuz tili markazi ochildi!

  • Asosiy
  • TATUda Fransuz tili markazi ochildi!

15-sentyabr kuni TATU Xorijiy tillar kafedrasida talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochuvchi Fransuz tili markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Fransuz Alyansi direktori, Madaniyat bo‘limi vakili Dilshod Axmedov Komiljanovich, universitet rahbariyati va faxriy mehmonlar ishtirok etib, markazning istiqboldagi faoliyatiga yuksak baho berdilar.

🗣Markaz:
⏺Fransuz tili bo‘yicha chuqur ta’lim va amaliy mashg‘ulotlar;
⏺Xalqaro til sertifikatlari (DELF, DALF) ga puxta tayyorgarlik;
⏺Kinokechalar, adabiy uchrashuvlar, suhbat klublari va madaniy festivallar;
⏺Frankofon mamlakatlar bilan akademik almashinuv va hamkorlik dasturlari.

Fransuz tili markazi talabalarga nafaqat til bilimini, balki Fransiyaning boy adabiy an’analari, san’ati va turmush tarzi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi. Bu esa yoshlarning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini yanada oshiradi.