TATUda Erasmus+ dasturi doirasida anjuman tashkil qilindi

  • Asosiy
  • TATUda Erasmus+ dasturi doirasida anjuman tashkil qilindi

6-aprel kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "O‘zbekistonda oliy ta’limdan keyingi ta’lim (katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti): tadqiqot natijalari, ilmiy maqolalar va dissertatsiyalarni tayyorlash” yuzasidan Erasmus+ dasturi doirasida seminar tashkil etildi. Seminar tashkilotchilari: Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, ERASMUS+ milliy ofisi, HEREs oliy ta’lim ekspertlar guruhi, TATU, TMI.

Seminardan ko‘zlangan maqsad: O‘zbekiston Respublikasining Oliy o‘quv yurtlari rahbarlari va ilmiy tadqiqot izlanuvchilarning ilmiy tadqiqot darajasini hamda ilmiy maqolalar chop etish faolligini oshirish maqsadida Yevropa universitetlarining ilg‘or tajribasini o‘rganishdan iboratdir.

Seminar doirasida:

·Doktorlik dissertatsiyalari va ilmiy nashrlar sifatini samarali oshirish;

·Jahonning yetakchi ilmiy-ta’limiy elektron resurslari va ulardan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida foydalanish manbalari kabi mavzular muhokama qilindi.

Seminarga Plymouth universitetining professori Mick Fuller taklif qilingan bo‘lib, professor tomonidan master klass o‘tilib, prezentatsiya namoyish etildi.