TATUda ekologik ixtiro: Avtochiqindilarga qarshi yangi qurilma yaratildi

  • Asosiy
  • TATUda ekologik ixtiro: Avtochiqindilarga qarshi yangi qurilma yaratildi


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dotsenti Behzod Jumamurodov avtomobillardan chiqadigan zararli gazlarni kamaytirishga qaratilgan yangi qurilma ishlab chiqdi.

Qurilma dizel va benzin bilan harakatlanuvchi transport vositalariga o‘rnatiladi hamda atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarning 80 foizgacha qismini kamaytirishga xizmat qiladi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, qurilma dastlabki texnik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. Ayni paytda uni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Mazkur ixtiro transport sohasida ekologik standartlarni yaxshilashga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda.

🎬Batafsil: You Tube