
26-sentabr kuni universitetimizda Yandex Uzbekistan vakillari ishtirokida “Dev Dasturxon” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida TATU va Yandex Uzbekistan o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Tadbir davomida talabalar Yandex Delivery Robots, servislarni rivojlantirish, ma’lumotlar bazalari va dasturlashda sun’iy intellektdan foydalanish kabi mavzular bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Code Battle va Dev Case doirasida talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Shuningdek, Yandex’da amaliyot o‘tash, karyera boshlash va rezyumeni to‘g‘ri shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
TATU va Yandex Uzbekistan hamkorligi talabalarning zamonaviy IT yo‘nalishlaridagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.