2015 yilning 23-24 oktyabr kunlari Respublika Oliy ta’lim muassasalari komandalarining dasturlash bo‘yicha jahon chempionati chorak final va 25 oktyabrda O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilar komandalarining 16-Butun Rossiya ochiq chempionati yarim final musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Oliy ta’lim muassasalari (OTM) komandalarining dasturlash bo‘yicha jahon chempionati chorak final musobaqalarida Respublikaning 34 (2014 yil 30 ta) ta oliy ta’lim muassasalaridan (OTM) jami 71 (2014 yil 68 ta) ta komanda qatnashdi.
Musobaqada jami 12 (2014 yil 12 ta) ta masala berildi va musobaqa g‘oliblari quyidagi komandalar:
- 1 – o‘rin: TATU 1-komandasi (9 ta masala yechdi);
- 2 – o‘rin: TATU 2-komandasi (8 ta masala yechdi).
- 3 – o‘rin: MDU Toshkent filiali 1-komandasi (8 ta masala yechdi).
2011-2015 yilda komandalarning natijalarini qiyosiy solishtirganda 2011 yilda 6 xil masala, 2012 yilda maksimum 7 xil masala, 2013 yilda 8 xil masala, 2014 yilda 5 xil masala yechilgan bo‘lsa, 2015 yilda 9 xil masala yechildi.
Musobaqa tashkilotchilari Sharqiy – Osiy Yevropa mintaqasida ACM ICPC yarim final musobaqalarini tashkilotchilari ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi axborot va kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish Vazirligi va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Oliy ta’lim muassasalari komandalari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha talabalar komandali jahon chempionati har yili 1977 yildan boshlab, kompyuter olamida mavqei yuqori bo‘lgan ASM – Association for Computing Machinery ("the First Society in Computing”) xalqaro tashkilot tomonidan o‘tkaziladi. Bu musobaqalar dunyo kompyuter olamida juda nufuzli, yosh dasturchilarning intellektual musobaqasi hisoblanadi. Musobaqa malakali kadrlar bilan to‘ldirish manbai sifatida yetakchi kompyuter firmalari tomonidan kuzatiladi va yirik kompyuter korporatsiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Jahon chempionatini tashkil etish sxemasi uchta bosqichdan iborat: chorak final, yarim final va final. Yarim final bosqichida 25 dan ortiq mintaqaviy guruhlar ishtirok etadi.
Yarim finalda g‘olib bo‘lgan komanda final bosqichiga chiqadi. Final 2016 yil 15-20 may kunlari Tailandning Shaxzoda Sangkla universitetida o‘tkaziladi. Final musobaqalarining natijalari bo‘yicha jahon chempioni hamda kontinent chempioni aniqlanadi.
O‘zbekiston mintaqasida dasturlash bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bosqichi O‘zbekistonning AT sohasida muhim musobaqa hisoblanadi.
Yarim final musobaqalari 2016 yil 5-6 dekabr kunlari, Qozog‘iston va Qirg‘iziston komandalari ishtirokida Toshkent shaxrida bo‘lib o‘tadi.
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari (O‘MKHTM) komandalari orasidagi musobaqa 25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi va bunda jami 46 ta komanda ro‘yxatdan o‘tgan edi, shulardan 42 tasi musobaqada qatnashdi.
Bunda faqat 26 (2014 yil 13 ta bo‘lgan) ta komanda natijaga erishdi, ya’ni qatnashgan komandalarning qariyb 75 % (25%) masala yechdi. 19 ta komanda masala yechmagan.
O‘rta maxsus ta’lim muassasalarining komandalarini o‘tgan yillardagiga nisbatan yaxshilanib bormoqda.
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari (O‘MKHTM) komandalari orasidagi musobaqa 2015 yil 12-13 dekabr kuni Toshkent shaxrida bo‘lib o‘tadi.