TATUda dasturiy va tyexnik ishlanmalar ko‘rgazmasi nihoyasiga yetdi

  • Asosiy
  • TATUda dasturiy va tyexnik ishlanmalar ko‘rgazmasi nihoyasiga yetdi

2016 yilning 3 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida"2016 yilda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar” Dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, "Kompyuter injiniringi” va "Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlariningiqtidorli talabalari, magistrlari va yosh professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad:universitet va uning hududiy filiallarida ta’lim olayotgan talabalarning faolligini oshirish, ilmiy faoliyatga jalb etish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, eng asosiysi, yuqori salohiyat va iqtidorga ega bo‘lgan dasturchilar maktabini shakllantirishga qaratildi.

Ko‘rgazmada"Kompyuter injiniringi” va "Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlarining Iqtidorli talabalari, magistrlari va yosh professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan 200 dan ortiq dasturiy va texnik ishlanmalar namoyish etildi. Shuningdek,33taaxborot tizimlari ishlanmalari,11ta veb-sayt, 55ta dasturiy ishlanma,20ta apparat ishlanmalar, 44ta texnik ishlanma,21ta kompyuter o‘yin dasturlariva 19tamobil ilovalardan iborat ishlanmalar namoyish etildi.

Ko‘rgazma yakunida ishlanmalar mualliflari5 ta:"Eng yaxshi loyiha dizayni, "Eng yaxshi veb-ishlanma, "Eng yaxshi android ishlanma, "Eng yaxshiWindows ishlanma, "Eng yaxshi dasturiy va apparat-dasturiy ishlanmanominatsiyalari bo‘yicha tashkilotchilar tomonidan maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar (1-o‘rin ASUS planshet, 2-o‘rin mobil telefon Android One, 3-o‘rin hard disk) bilan taqdirlandi. Jumladan,

"Eng yaxshi loyiha dizayni” nominatsiyasiga:

1-o‘ringa "Tarixiy va zamonaviy binolarning 3D modeli” (A.Baxromov) loyihasi;

2-o‘ringa "Zaryadlovchi poyabzal” (I.Mirzaev) loyihasi;

3-o‘ringa "Ravon Racing” (E.Sattorov, M.Mirobidov)loyihasi;

"Eng yaxshi veb-ishlanma

1-o‘ringa "Tashrif.uz” (R.Ramazanov, S.Zokirov) ishlanmasi;

2-o‘ringa "Onlayn test tizimi” (Sh.Qambaraliev) ishlanmasi;

3-o‘ringa "emp.tuit.uz” (R.Faxrutdinov)ishlanmasi;

"Eng yaxshi android ishlanma nominatsiyasiga:

1-o‘ringa "Secure SMS” (J.Odilov) ishlanmasi;

2-o‘ringa "My.tuit.uz” (M.Nuriddinova) ishlanmasi;

3-o‘ringa "learn words” (A.Ibragimov, A.Suyunov) ishlanmasi;

"Eng yaxshi Windows ishlanma nominatsiyasiga:

1-o‘ringa "3D ob’ekt” (X.Xo‘jamatov) ishlanmasi;

2-o‘ringa "Ur to‘qmoq” (S.Xalilov, N.Baltabaev) ishlanmasi;

3-o‘ringa "English for kids” (J.Xoshimov) ishlanmasi

"Eng yaxshi dasturiy va apparat-dasturiy ishlanma” nominatsiyasiga:

1-o‘ringa "Elektron kalit” (M.Qo‘chqorov) ishlanmasi;

2-o‘ringa "DYeNTA (robot)” (M.Yoriqulov) ishlanmasi;

3-o‘ringa "SKUD sistema” (I.Alyabev) ishlanma lari loyiq deb topildi.

 

Ishtirokchilar tomonidan yaratilgan dasturiy maxsulotlar va texnik ishlanmalarnita’lim, kichik biznes, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va avtomobilsozlik sohalarida qo‘llash mumkin.

 
 

TATUda dasturiy va tyexnik ishlanmalar ko‘rgazmasi nihoyasiga yetdi

 

TATUda dasturiy va tyexnik ishlanmalar ko‘rgazmasi nihoyasiga yetdi

 

TATUda dasturiy va tyexnik ishlanmalar ko‘rgazmasi nihoyasiga yetdi

 

TATUda dasturiy va tyexnik ishlanmalar ko‘rgazmasi nihoyasiga yetdi

 

TATUda dasturiy va tyexnik ishlanmalar ko‘rgazmasi nihoyasiga yetdi