TATUda CTF olimpiadasi saralash bosqichi yakunlandi!

  • Asosiy
  • TATUda CTF olimpiadasi saralash bosqichi yakunlandi!

TATUda CTF olimpiadasi saralash bosqichi yakunlandi!

💻 Raqamli texnologiyalar sohasida o‘tkazilayotgan “Oliygoh kubogi” musobaqalari doirasidagi “Kiberxavfsizlik bo‘yicha CTF olimpiadasi”ning onlayn saralash bosqichi bugun muvaffaqiyatli yakunlandi.

👨‍💻 Saralash bosqichida TATUning bakalavr hamda magistratura bosqichi talabalari faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

📊 Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan quydagi 16 ta jamoa final bosqichiga yo‘l oldi (shartli ravishda tartib raqamlari bo‘yicha):

🟢 TRAKTOR;
🟢 FSOCIETY;
🟢 AbyssalRoot;
🟢 4-fun;
🟢 CyberLords;
🟢 Neuroverse;
🟢 Hasker: No way to root;
🟢 Matrix;
🟢 GothHunters;
🟢 Zero to One;
🟢 GETROOT4U;
🟢 Team Vitality;
🟢 Pomidor;
🟢 Plan_B;
🟢 SmuggleOps;
🟢 3xpl01t.

✅ Final bosqichida 3 ta g‘olib jamoa (9 nafar talaba) aniqlanadi.

🗓 Final bosqichi 31-mart kuni, TATU E bino, 102-xonada oflayn shaklda bo‘lib o‘tadi.

🏆 Barcha finalchilarga omad tilaymiz! G‘oliblar qimmatbaho sovrinlar hamda universitetning CTF terma jamoasiga qo‘shilish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar!