📣 TATUda Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • 📣 TATUda Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Hisobot-saylov yig‘ilishlari va konferensiyalari Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. 2025-yil kasaba uyushmalari tizimida hisobot-saylovlar yili ekanligi bois mazkur jarayonda o‘tgan besh yillik faoliyat sarhisob qilinib, erishilgan natijalar tahlil etilmoqda.

💻 2025-yil 28-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan besh yillik faoliyat natijalari, amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusi davr uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi:
➡️ Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining 5 yillik faoliyatini baholash;
➡️ Yangi rais va qo‘mita tarkibini, shuningdek, taftish komissiyasi a’zolarini saylash;
➡️ Faoliyat yo‘nalishlarini belgilashdir.