TATUda bo‘lib o‘tgan MLBB NUBIA CUP final bahsi haqiqiy kibersport shousiga aylandi!

  • Asosiy
  • TATUda bo‘lib o‘tgan MLBB NUBIA CUP final bahsi haqiqiy kibersport shousiga aylandi!


Finalda universitetimizning:
“Разливные ZTE”
“GGWP Nubia”
jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

 Murosasiz kechgan uchrashuvda “GGWP Nubia” jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa chempioniga aylandi!

 Chempionlar tarkibi:

Malikov Ogʻabek Ikrom oʻgʻli — NightFury

Gulyamov Umidjon Rovshan o‘g‘li — KungTzy.

Azamov Aziz — eydoravroum

Begmatov Javlonbek Botir o‘g‘li — квантикк

Sabirov Temur — drizzle.

 G‘olib jamoaga bosh homiy Nubia tomonidan nubia Neo 3GT smartfonlari topshirildi.

Barcha ishtirokchilarni munosib o‘yin uchun tabriklaymiz!
Kibersport rivojlanmoqda — TATU esa har doim kuchlilar maydoni!