Bugun, 31-may kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘tkaziladigan “Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda kelajakda munosib kasbga ega bo‘lish yuzasidan tavsiyalar” mavzusidagi amaliy seminar-trening tashkil etildi.
Dastlab, aloqa sohasidagi kompaniyalarning aloqa va mobil savdo ofisi hisoblanuvchi avtomashinalar holati va “Karyera markazi” faoliyati doirasida kompaniyalar mehnat yarmarkasi ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng tashkil etilgan seminar-treningda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ishtirok etib, talabalarga hukumat tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar, xotin-qizlar uchun ta’lim dasturlari, 1 mln dollar miqdoriga teng bo‘lgan “President Tech Award” tanlovi haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tdi.
Seminar so‘ngida Dasturiy injiniring fakulteti 3-kurs talabasi Ma’rufxonov Ismatillaxonga IT sohasidagi yoshlarimizni ish bilan ta’minlovchi startap loyihasini qo‘llab-quvvatlash hamda dasturchilar klubini ishga tushirish uchun ko‘mak berishga kelishib olindi.