💬 Kuni kecha, 28-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Akademik olimlar bilan uchrashuv” tadbirining navbatdagi mehmoni bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Reymov Axmed Mambetkarimovich "Hayotiy tajribalari, ilm yo‘llaridagi faoliyati" bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida akademik, ilmiy-tadqiqot va xalqaro yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, malakali kadrlar tayyorlashda o‘zaro ko‘maklashishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shundan so‘ng Axmed Mambetkarimovich TATU da talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdi.