TATU'da ActInSpace xalqaro xakatoni bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • TATU'da ActInSpace xalqaro xakatoni bo‘lib o‘tdi



✅ 2026-yil 30-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ActInSpace xalqaro xakatonining O‘zbekiston bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Mazkur tadbir CNES, O‘zbekkosmos hamda TATU hamkorligida tashkil etildi.

🚀 ActInSpace — kosmik texnologiyalar, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va aerokosmik muammolarga bag‘ishlangan xalqaro xakaton bo‘lib, uning asosiy maqsadi yoshlar orasida innovatsion fikrlashni rivojlantirish, startap g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va iqtidorli talabalarni amaliy loyihalarga jalb etishdan iborat.

👩‍💻👨‍💻 Xakatonda O‘zbekistonning turli hududlaridan 100 nafar iqtidorli talaba ishtirok etdi. Ishtirokchilar professional mentorlar ko‘magida real kosmik muammolar asosida jamoaviy ishladi va qisqa muddat ichida innovatsion yechimlarni ishlab chiqdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
⏺2–3-o‘rinni egallagan jamoalar — “O‘zbekkosmos” agentligida stajirovka o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
⏺1-o‘rinni egallagan jamoa esa O‘zbekiston nomidan Fransiyaning Bordo shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro ActInSpace bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

✨ Tadbir mamlakatimizda kosmik texnologiyalar sohasida kadrlar salohiyatini oshirish, yoshlarning ilmiy-texnik ijodkorligini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.