Tadbirning asosiy maqsadi - talaba-yoshlar qalbida ona tilimizga bo‘lgan hurmat, ehtirom va faxr tuyg‘usini yanada yuksaltirish, o‘zbek tilining boy tarixiy merosi va ifoda go‘zalligini chuqur anglashga chorlashdir.
Ona tili — bu xalqning qalbi, tarixiy xotirasi va ma’naviy boyligidir. Uni asrab-avaylash, sof holda saqlash va kelajak avlodga yetkazish barchamizning burchimizdir.
🎶 Tadbir davomida talabalar tomonidan ona tili madh etilgan she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda musiqiy chiqishlar namoyish etildi.








