Joriy yilning 24-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yevropa Hamkorligi ERASMUS+ 598661 "DECIDE" (Imkoniyati cheklanganlar uchun xizmatlarni rivojlantirish) xalqaro loyihasini amalga oshirishga muvofiq inklyuziv taʼlimning dolzarb muammolari bo‘yicha loyihaning Milliy xabardorlik kuni (NAD) tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir "DECIDE" loyihasining O‘zbekistondagi lokal koordinatori Sherzod G‘ulomov tomonidan amalga oshirildi.
Tadbirda O‘zbekiston NEO Koordinatori, ERASMUS+ (Bryussel, Belgiya) agentligi, DECIDE (Transilvaniyaning Brashova universiteti, Ruminiya), OTM maʼmuriyati–DESIDE loyihasi ishtirokchilari, Aydaxo (SSHA) Davlat universiteti professori, Sasseks (Buyuk Britaniya) universitetining rivojlanish tadqiqotlari Instituti doktoranti, Oliy taʼlim vazirligi vakillari, DECIDE xalqaro loyihasining xorijiy hamkorlari, OTMning magistrant va talabalari, davlat xizmatchilari, nodavlat tashkilotlar xizmatchilari, imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalari ishtirok etdilar.
Tadbirni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori ochib berdi.
Onlayn konferensiyada O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ijtimoiy-qulay sharoitlarni yaratish, inklyuziv oliy taʼlimda to‘siq va imkoniyatlar, imkoniyati cheklangan shaxslarning huquqlari va hayot obrazi bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Yuqorida keltirilganlar bilan bir qatorda, nodavlat tashkilotlar xizmatchilari, imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalari ularni o‘qitish usullari haqida maʼlumot berib o‘tishdi.
Shuningdek, shu kungacha loyiha doirasida Oliy taʼlimda tahsil olayotgan talabalar uchun 8 ta modul ishlab chiqildi va bu modullar hamkor universitetlar ishchi dasturlariga biriktirildi. Bundan tashqari, nogiron talabalarni o‘qitish bo‘yicha va ularni kunlik ishlarini baholash bo‘yicha maxsus onlayn platforma (platforma tili: o‘zbek, rus va ingliz) ishlab chiqildi va platformaning ishga tushirilishi 2020 yilning dekabr oyidan ko‘zda tutilgan.
Shu kunning o‘zida konferensiya ishining tugallanish qismida O‘zbekistondagi DECIDE xalqaro loyihasi hamkorlarining yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi.
TATU matbuot xizmati