TATU xodimlari targ‘ibot dasturlari bilan Termizda (davomi)

  • Asosiy
  • TATU xodimlari targ‘ibot dasturlari bilan Termizda (davomi)

Joriy yilning 20-iyun kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida Termiz davlat pedagogika universitetida Surxondaryo viloyati yoshlariga ITda muvaffaqiyatli karyera uchun to‘g‘ri universitet tanlash bo‘yicha TATU mas’ul xodimlari ishtirokida targ‘ibot taqdimotlari tashkil etildi. Tadbirda maktab texnikum va kollej o‘quvchilari ishtirok etishdi. Ularga universitet haqida ma’lumotlar va ular tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi. Ishtirokchilarga tarqatma materiallar tarqatildi.