TATU – xalqaro texnologik hamkorlik sari!

  • Asosiy
  • TATU – xalqaro texnologik hamkorlik sari!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, prof. Baxtiyor Maxkamov Xitoyga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida ZTE kompaniyasining R&D (Research & Development) markaziga tashrif buyurdi.

💬Tashrif davomida 5G aloqa tizimlari, sun’iy intellekt va aqlli shahar infratuzilmasi yo‘nalishlarida olib borilayotgan ilg‘or texnologik ishlanmalar bilan tanishildi.

🤝Uchrashuv chog‘ida TATUda dron texnologiyalarini rivojlantirish, shu borada qo‘shma ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek sanoat va ta’lim integratsiyasini (industry–academia cooperation) kuchaytirish masalalari muhokama etildi.

✅Mazkur tashrif universitetning xalqaro texnologik hamkorlik doirasini kengaytirish va uning innovatsion salohiyatini oshirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.