TATU xalqaro ilmiy konferensiyaga taklif etadi!
🏛16–17-oktabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida International Conference on Intelligent Infrastructure and Smart Technologies (ICIST-2026) xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
🌐Konferensiya doirasida:
🔺Springer nashriyotida chop etiladigan konferensiya materiallari to‘plamining taqdimoti;
🔺Buyuk Britaniya, Italiya, Eron va Hindistondan taklif etilgan olimlarning ma’ruzalari;
🔺Sun’iy intellekt, Edge/Cloud computing va aqlli infratuzilmalar bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar muhokamasi.
📍Manzil: TATU anjumanlar zali
💻Format: Gibrid — oflayn va onlayn
🎓Professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, doktorantlar va iqtidorli talabalarni xalqaro ilmiy muloqot hamda tajriba almashinuvida ishtirok etishga chorlaymiz!
🔗Batafsil: https://www.icist-conf.com/