TATU Xalqaro hamkorlik sari yana bir qadam tashladi!

  • Asosiy
  • TATU Xalqaro hamkorlik sari yana bir qadam tashladi!

2025-yil 15–20-sentabr kunlari Mongoliya poytaxti Ulan-Batorda joylashgan Mongoliya Fan va Texnologiyalar Universitetida “14th International Symposium on Computer Science, Computer Engineering and Educational Technology (ISCSET 2025)” xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli anjumanda TATUning “Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari:
⏺D.A. Zaripova;
⏺F.M. Zokirova;
⏺Sh.X. Pozilova;
⏺N.Yu. Rasulovalar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

🔺Shuningdek, tashrif doirasida universitetimiz olimlari va izlanuvchilari uchun “AI and Emerging Technologies in Education” mavzusida sayyor trening tashkil etildi. Bu trening nafaqat yangi bilimlar almashish, balki tajriba va innovatsion yondashuvlarni taqdim etishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.

🌐Eng e’tiborlisi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti IEEE tomonidan o‘tkaziladigan “International Symposium on Computer Science, Computer Engineering and Educational Technology” xalqaro simpoziumining rasmiy tashkiliy qo‘mitasi sifatida qabul qilindi.

✅Bu qaror TATUning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori, ilmiy salohiyati va innovatsion yondashuvlarini yana bir bor tasdiqlaydi.