


TATU xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirmoqda!
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i, dotsent Ibrohimbek Yusupov Ispaniyadagi University of Huelva universitetida tashkil etilgan Erasmus+ KA171 (ICM) akademik mobillik loyihasi doirasida o‘tkazilgan University of Huelva International Week 2026 xalqaro haftaligida ishtirok etdi.
🤝 Tadbirda AQSh, Turkiya, Ozarbayjon, Argentina, Bangladesh, Chili, Moldova, Indoneziya, Albaniya, Misr, Armaniston, Germaniya, Kamerun, Senegal, Namibiya, Ekvatorial Gvineya, Marokash va yana 30 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan qator panel sessiyalarda fikr almashdilar.
📌 Shuningdek, universitetlar uchun tashkil etilgan poster sessiyalarida TATUning so‘nggi yutuqlari, innovatsion loyihalari hamda talabalar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi.
🎓 Dastur doirasida TATU va qator nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari, jumladan, University of North Carolina, University of Tirana, Gadjah Mada University (TOP-200) hamda Namibia University of Science and Technology bilan talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, Erasmus+ loyihalari va ikki tomonlama akademik hamkorliklarni rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
🚀 TATUning xalqaro maydondagi faolligi universitetning global ta’lim va ilm-fan makonidagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.