TATU XALQARO CECA ALYANSIGA RASMAN A’ZO BÖLDI!

  • Asosiy
  • TATU XALQARO CECA ALYANSIGA RASMAN A’ZO BÖLDI!

TATU XALQARO CECA ALYANSIGA RASMAN A’ZO BÖLDI!

🟢Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor Baxtiyor Maxkamov Xitoy Xalq RespublikasiningSian şahrida bölib ötayotgan China-Foreign Excellence University Collaborative Alliance (CECA) tadbirida iştirok etmoqda.

🎤Oçiliş marosimida nutq sözlagan universitetimiz rektori CECA alyansining faoliyatini Xitoy va xorijiy universitetlar örtasidagi akademik integratsiyani yangi bosqiçga olib çiquvçi muhim taşabbus sifatida e’tirof etdi. Şuningdek, sun’iy intellekt, yaşil transformatsiya va xalqaro akademik mobillik oliy ta’limning ustuvor yönalişlariga aylanib borayotganini ta’kidlab, bu borada universitetlar salohiyatini birlaştiriş muhimligini qayd etdi.



🤝 Quvonarli yangilik! Tadbir doirasida TATU China-Foreign Excellence University Collaborative Alliance (CECA) alyansining a’zoligiga rasmiy qabul qilindi.

🌐 Mazkur alyans Northwestern Polyteçnical University (NPU), Xi’an Jiaotong University hamda Al-Farabi Kazakh National University kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalarini birlaştiradi.

🗒 Uşbu a’zolik universitetimiz uçun:
— Xitoyning yetakçi universitetlari bilan strategik hamkorlikni mustahkamlaş;
— yangi xalqaro grant loyihalarini amalga oşiriş;
— sanoat va texnologik hamkorlikni rivojlantiriş;
— talabalar va doktorantlar uçun akademik almaşinuv dasturlarini kengaytiriş;
— China Summer School dasturlarida talabalar iştirokini oşiriş kabi yangi imkoniyatlarni oçadi.

TATUning xalqaro akademik hamkorlikdagi iştiroki kengayib, universitetimizning global ta’lim va ilmiy maydondagi nufuzi yanada mustahkamlanmoqda!