


TATU vakillari O‘zbekiston–Tojikiston rektorlar forumida ishtirok etishdi
Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchinchi forumida zamonaviy muhandislik va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.
👨🏫Forumning “Muhandislik ta’limi, raqamli texnologiyalar va sanoat kooperatsiyasi” deb nomlangan sho‘ba yig‘ilishida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shavkat To‘rayev ma’ruza qildi.
💬 Ma’ruzaning asosiy nuqtalari:
• Sun’iy intellekt (AI): O‘zbekiston va Tojikiston universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi strategik yo‘nalishi;
• Ilmiy loyihalar: TATUda AI sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarning amaliy natijalari;
• Sanoat integratsiyasi: IT-ishlanmalarni ishlab chiqarish sektoriga tatbiq etish istiqbollari.
🗣Sessiya davomida energetika, sanoat avtomatizatsiyasi va nanotexnologiyalar kabi sohalarda o‘zaro tajriba almashish hamda qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.