![]() |
![]() |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Radio va mobil aloqa” fakulteti dekani X. Sattarov hamda “Elektronika va radiotexnika” kafedrasi katta o‘qituvchisi K. Saidov Turkiyaning Bilkent universiteti UNAM ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif AL-9825035729-sonli “Qayta tiklanadigan energiyani yig‘ish uchun nanomateriallar bilan integratsiyalangan elektroaktiv polimer tolalarini tadbiq etish” mavzusidagi qo‘shma amaliy loyiha doirasida tashkil etildi.
Tashrif davomida UNAM markazi, Bilkent universiteti hamda “OzensoyLab” laboratoriyasi rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, loyiha doirasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari, belgilangan vazifalar va ularning ijrosi muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar:
🔺xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish;
🔺qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
🔺talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
🔺ilmiy stajirovkalarni tashkil etish;
🔺yosh tadqiqotchilar uchun xalqaro ilmiy muhitda tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha istiqbolli kelishuvlarga erishdilar.
🤝Mazkur tashrif TATU va Bilkent universiteti o‘rtasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash, qayta tiklanadigan energiya, nanomateriallar va elektroaktiv polimerlar yo‘nalishidagi tadqiqotlarni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

