TATU vakili xalqaro raqamli yetakchilik dasturida

  • Asosiy
  • TATU vakili xalqaro raqamli yetakchilik dasturida




Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU PhD tadqiqotchisi Rikhsivoev Mohirjon Alisher o‘g‘li Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tkazilayotgan Generation Connect Young Leadership Programme (GCYLP) xalqaro dasturida O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etmoqda.

🌐ITU va Huawei hamkorligidagi mazkur dastur yosh raqamli yetakchilarning salohiyatini rivojlantirish, innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va raqamli yechimlarni ilgari surishga qaratilgan.

Dasturga 150 ta davlatdan 6 700 nafar nomzod ariza topshirgan bo‘lib, saralash natijasida 24 mamlakatdan 30 nafar yosh yetakchi tanlab olingan.



📍Xalqaro tajriba almashinuvi

14–18-sentabr kunlari Jenevada o‘tkazilgan treninglarda ishtirokchilar innovatsiya, loyiha boshqaruvi, liderlik, raqamli inklyuziya va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida bilimlarini mustahkamladi.

Dastur doirasida WIPO, ITC va BMTning Jenevadagi bo‘limi — Palais des Nationsga tashriflar ham tashkil etildi.

🤝Xalqaro ekspertlar va yosh yetakchilar bilan tajriba almashinuvi Mohirjonga yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda xalqaro aloqalarini kengaytirish imkonini bermoqda.