TATU va uning hududiy filiallari talabalarining 9 nafari O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritdi

  • Asosiy
  • TATU va uning hududiy filiallari talabalarining 9 nafari O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritdi

 

Oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan davlat stipendiyalari uchun o‘tkazilgan tanlovlarda universitetimiz va uning hududiy filiallari talabalari ham ishtirok etib, quvonarli yutuqlarni qo‘lga kiritdilar.

Marhamat ular bilan tanishing:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga:   TATU Nukus filiali “Dasturiy injiniring” fakulteti talabasi Arman Nurniyazov;

Beruniy Davlat stipendiyasiga:

  1. TATU Dasturiy injiniring fakulteti 4-bosqich talabasi Islomova Munisa Xamza qizi;
  2. TATU Televizion texnologiyalar fakulteti 4-bosqich talabasi Olimova Shaxloxon Baxtiyor qizi;
  3. TATU AKT sohasida iqtisod va menejment fakulteti 4-bosqich talabasi Aminova Rushana Faxriddin qizi;
  4. TATU Kompyuter injinering fakulteti 4-bosqich talabasi Raximova Sayyora Yashin qizi;
  5. Urganch filiali Kompyuter injiniring fakulteti 4-bosqich talabasi Ibadullaeva Zarnigor Ollayar qizi;
  6. Farg‘ona filiali Axborot xavfsizligi fakulteti 4-bosqich talabasi Muhammadjonov Hojiakbar Zafarjon o‘g‘li;
  7. Nukus filiali Kompyuter injiniring fakulteti 4-bosqich talabasi Jaksulikov Shariyar Alliyar o‘g‘li.

 

Islom Karimov Davlat stipendiyasiga:

 

TATU Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 4-bosqich talabasi Nabijonov Ravshanbek Muhammadjon o‘g‘li sazovor bo‘ldilar.  

Biz yuqorida ismi-shariflari keltirilgan tengdoshlarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, keyingi o‘qishlarida faqat omadlar tilab qolamiz!