TATU va uning hududiy filiallari talabalari diqqatiga❕

  • Asosiy
  • TATU va uning hududiy filiallari talabalari diqqatiga❕

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sizlarni talaba almashinuv dasturiga (student exchange program) taklif etadi.

Dastur Qozog‘istonning Astana IT Universitetida 2025-yil 17-martdan 21-iyungacha bo‘lib o‘tadigan bahorgi trimestrga mo‘ljallangan.

Dasturga bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar qatnashishi mumkin. Ta’lim tili: ingliz tili.

📝Dastur uchun talablar:

✅ Akademik ko‘rsatkichlar: GPA kamida 2.5 bo‘lishi lozim.
✅ Pasport nusxasi.
✅ Akademik transkript.

❌Oxirgi kursda tahsil olayotgan talabalar ishtirok etolmaydilar.

🕔 Ariza topshirish muddati: 2025-yil 15-fevralgacha.

⛓ Ariza topshirish uchun
HAVOLA (https://forms.gle/D6iAqfVNN1VgudsD9)

Batafsil ma’lumot uchun universitetimizning Xalqaro bo‘limiga murojaat qiling.