TATU va Shimoliy Xitoy texnologiyalar universiteti o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichda

  • Asosiy
  • TATU va Shimoliy Xitoy texnologiyalar universiteti o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichda

Ma’lumki, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) hamda Shimoliy Xitoy texnologiyalar universiteti (NCUT) o‘rtasida “Belt and Road Joint Laboratories” dasturi doirasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

🗣Mazkur hamkorlik doirasida ayni vaqtda TATUning uch nafar mas’ul xodimi:
• Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Sh.R. G‘ulomov,
• “Radio va mobil aloqa” fakulteti dekani X.A. Sattarov,
• “Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi mudiri D.T. Hasanov

🗓joriy yilning 6–20-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy Xitoy texnologiyalar universitetida qisqa muddatli stajirovka o‘tamoqdalar.

💬Tashrif davomida TATU delegatsiyasi va NCUT Xalqaro aloqalar ofisi direktori Ms. Xu Mei o‘rtasida samarali uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda:
• xalqaro hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
• talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini tizimli tashkil etish;
• ilmiy tadqiqot laboratoriyalarini birgalikda tashkil etish va jihozlash istiqbollari muhokama qilindi.

📚 Shuningdek, kelgusi o‘quv yilidan boshlab NCUT tomonidan TATUning yosh professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari uchun bir yillik grant dasturlarini joriy etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

🔬 Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya Shimoliy Xitoy texnologiyalar universitetidagi zamonaviy ilmiy va o‘quv laboratoriyalari faoliyati bilan tanishib, ilg‘or texnologiyalar, olib borilayotgan tadqiqotlar va amaliy natijalar bilan yaqindan tanishdi.

🤝TATU va Shimoliy Xitoy texnologiyalar universiteti o‘rtasidagi mazkur hamkorlik oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar rivoji uchun yangi imkoniyatlar yaratib, kelgusida qo‘shma loyihalar va grant dasturlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.