Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga joriy yilning 25-26-fevralida Yaponiyaning Sanoat Texnologiyalari Yuqori instituti professor-oʻqituvchilari tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida TATU va Sanoat Texnologiyalari Yuqori instituti professor-oʻqituvchilari oʻrtasida Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari sohasida inson resurslarining sanoatda rivojlantirish, Blokcheyn texnologiyasining tatbiq etish usullari va vositalari, axborot tizimlari arxitekturasi, IoT xavfsizligi masalalariga bagʻishlangan seminarlar tashkil etildi.
Shuningdek, TATU va Sanoat Texnologiyalari Yuqori instituti oʻrtasida “Blokcheyn texnologiyasini tatbiq etish” boʻyicha loyihalar qilish kelishib olindi.
TATU matbuot xizmati