


TATU va Samsung Electronics Uzbekistan o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga “Samsung Electronics Uzbekistan” bosh direktori Yoon Seong Chan boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
👥 Tashrif davomida mehmonlar universitet kampusi, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy infratuzilma hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
💬 Uchrashuvda yoshlarning zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim tashabbuslarini birgalikda amalga oshirish hamda Samsung Innovation Campus xalqaro ta’lim dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
📝 Uchrashuv yakunida talabalar va yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat doirasida ta’lim materiallari almashish, seminar va mahorat darslarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
✨ Mazkur hamkorlik TATU talabalari uchun Samsung kompaniyasining xalqaro ta’lim tajribasidan foydalanish, sun’iy intellekt, IoT, katta ma’lumotlar va dasturlash yo‘nalishlarida amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.