TATU va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanadi.

  • Asosiy
  • TATU va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yiI 16-oktabrdagi PF-158-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida TATU rektori B.Maxkamov boshchiligida universitet ishchi guruhi Chilonzor tuman 1-son politexnikumiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasidagi mavjud holat va yaratilgan sharoitlar hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

✅ Tashrif jarayonida universitet tomonidan texnikumlarga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha kelgusida bajariladigan aniq vazifalar belgilandi.