💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan nufuzli banklardan biri ATB “Tengebank” o'rtasida universitet talabalarinining amaliyot o'tash, pullik va bepul stajirovkalarda ishtirok etish hamda keyinchalik korxonada faoliyat yuritishlarini ko'zda tutadigan hamkorlik memorandumi imzolandi.
❔ Ma'lumot uchun: ATB “Tenge Bank” o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2019-yil 18-mayda berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. “Tenge Bank” universal bank bo’lib, zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. Bank “Qozog’iston Xalq banki” OAJ (Halyk Bank) ning 100 foizli sho’ba korxonasi hisoblanadi.