![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar universitetning zamonaviy laboratoriyalari hamda innovatsion loyihalari bilan tanishdi. Shundan so‘ng TATU rahbariyati va Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida TATU hamda Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida:
• kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, Big Data va telekommunikatsiya yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
• vazirlik xodimlarining malakasini oshirish;
• talaba va magistrantlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
• startap hamda innovatsion loyihalarni birgalikda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik olib boriladi.
Mazkur hamkorlik mamlakatimizda raqamli xavfsizlikni mustahkamlash hamda zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.





