![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
🏛2026-yil 7-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Pokistonning Milliy fanlar va texnologiyalar universiteti (NUST) rektori, doktor Muhammad Zahid Latif boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
🤝Tashrif davomida mehmonlarga TATUning ilmiy-tadqiqot salohiyati, zamonaviy infratuzilmasi hamda ta’lim va innovatsiya yo‘nalishidagi imkoniyatlari, jumladan, ilmiy laboratoriyalar, Media markaz, Living Lab va Fab Lab faoliyati namoyish etildi.
💡Uchrashuvda sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va dasturiy injiniring yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot aloqalarini mustahkamlash hamda talabalar uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
📊 Ma’lumot uchun: NUST QS World University Rankings 2026 reytingida 371-o‘rinni, muhandislik va texnologiyalar yo‘nalishida esa dunyoda 132-o‘rinni egallagan.



