![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Koreya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Kookmin universitetiga Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari J. Maxsudov va TATU rektori B. Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ikki universitet o‘rtasida raqamli ta’lim, laboratoriya infratuzilmasi, qo‘shma innovatsiya markazini tashkil etish va startaplarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Marosim so‘ngida Kookmin universiteti prezidenti Seung Ryul Jeong ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun TATUning Faxriy medali bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida delegatsiya a’zolari Kookmin universitetining zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy-amaliy laboratoriyalari va universitet muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.



