Mazkur trening kurslar Kookmin universiteti professorlari tomonidan olib borilmoqda.
🗒 Ma’lumot uchun:
Loyiha 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, qiymati 5 million AQSh dollariga teng. Unga ko‘ra, TATUda Biznes IT ta’lim yo‘nalishi va ishlab chiqarish zonasi tashkil etish, 100 dan ortiq professor-o‘qituvchi hamda mutaxassislarning malakasi oshiriladi, shuningdek, 5 nafar PhD va 10 nafar magistrlar Kookmin universitetida o‘qish imkoniga ega bo‘ladilar.