TATU va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida TATU professor–o‘qituvchilari uchun trening kurslari tashkil etilmoqda.

  • Asosiy
  • TATU va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida TATU professor–o‘qituvchilari uchun trening kurslari tashkil etilmoqda.

👥 Mazkur trening kurslari xorijiy yetakchi universitet hamda ishlab chiqarish kompaniyalari, jumladan, Kookmin universiteti, Hy Co.Ltd, Koreya fan va texnologiya axborot instituti (Korea Institute of Science and Technology Information), Seoul Womens University, Portland universiteti (University of Portland) professorlari tomonidan IT o‘quv dasturlarini ishlab chiqish (Development of IT programs/curriculums), “Prompt engineering: Advanced Techniques of ChatGPT”, “Business-driven Roadmap -Enterprise software” kabi mavzularda olib borilmoqda.

⭐️ Ma’lumot uchun:
Loyiha 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, qiymati 5 million AQSh dollariga teng. Unga ko‘ra, TATUda Biznes IT ta’lim yo‘nalishi va ishlab chiqarish zonasi tashkil etish, 100 dan ortiq professor-o‘qituvchi hamda mutaxassislarning malakasi oshiriladi, shuningdek, 5 nafar PhD va 10 nafar magistrlar Kookmin universitetida o‘qish imkoniga ega bo‘ladilar.