TATU va HAUS o‘rtasida xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

  • Asosiy
  • TATU va HAUS o‘rtasida xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Finlyandiya Davlat boshqaruvi instituti (HAUS) vakillari tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish hamda yangi tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.



C4CA — “Connectivity for Central Asia” loyihasi doirasidagi ishlar, shuningdek, 2027-yil fevral oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan seminar yuzasidan fikr almashildi.

TATU, HAUS va Finlyandiya universitetlari o‘rtasida Erasmus+ CBHE, International Credit Mobility (KA171) hamda Horizon Europe dasturlari doirasida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim, ilmiy-tadqiqot, raqamli transformatsiya va xalqaro loyihalar yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga kelishib oldilar.