TATU Urganch filialiga bosh vazir maslahatchisi tashrif buyurdi

  • Asosiy
  • TATU Urganch filialiga bosh vazir maslahatchisi tashrif buyurdi

Joriy yilning 12-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Urganch filialining majlislar zalida IT-texnologiyalar, telekommunikasiya va innovatsion faoliyatni rivojlantirish departamenti rahbari, bosh vazir maslahatchisi Olimjon Umarov hamda Toshkent axborot texnologiyalar universiteti rektori Sarvar Babaxodjayev  filial rahbariyati, professor-oqituvchilari, dasturlash sohasida yetakchilik qilayotgan iqtidorli talabalari bilan davra suhbati otkazdi.

Uchrashuv chog‘ida O.Umarov filial professor-oqituvchilari olib borayotgan ilmiy izlanishlari, tadqiqot ishlari va loyihalari bilan qiziqdi. Shu bilan bir qatorda, Xorazm viloyatida axborot texnologiyalari sohasiga talaba qizlarni jalb qilish zarurligini va ularning sunʼiy tafakkurini rivojlantirish uchun kerak bo‘ladigan barcha shart-sharoitlar yaratilishi haqida gapirdi.

TATU matbuot xizmati