Uchrashuv avvalida vazir mamlakatimizda yoshlarga IT sohasida yaratib berilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Xususan, bugungi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida IT yo‘nalishidagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori ekanligi ta’kidlanib, 2030-yilgacha mamlakatmizning IT xizmatlari eksportini 5 mlrd dollariga yetkazish rejalashtirilgani, buning uchun 300 ming nafar malakali kadrlar kerakligi aytib o‘tildi.
Buning uchun zarur bo‘ladigan kadrlar chet tilini mukammal bilishi va kamida B2 darajasiga ega bo‘lishi lozimligi, turli dasturlash yo‘nalishlarida xalqaro IT sertifikatga ega bo‘lishlari kerakligi alohida ta’kidlandi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/6675/